1 milliarddan ortiq odam vabo bilan kasallanish xavfi ostida – JSST

Salomatlik

image

Dunyodagi bir milliarddan ortiq odam vabo bilan kasallanish xavfi ostida qolmoqda. So‘nggi haftada uch mamlakatda yangi xastalanish holatlari aniqlangan va jami kasallanganlar soni 22 nafarga yetdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vabo va diareya epidemiyasi kasalliklari guruhi rahbari Filipp Barboza bugun, 24 fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 43 mamlakatda 1 milliarddan ortiq odam to‘g‘ridan-to‘g‘ri vabo xavfi ostida. Faqat so‘nggi bir hafta ichida uch mamlakat yangi epidemiyalar haqida xabar berdi. Ayni paytda JSSTning beshta hududida joylashgan 22 shtat vabo tarqalishiga qarshi kurashmoqda”, deydi Barboza.

Uning eslatishicha, o‘tgan yili 2021 yilga nisbatan 50 foizga ko‘proq mamlakatlar vabo epidemiyasiga duch kelgan.

“Afsuski, bu tendensiya davom etmoqda. Qashshoqlik, mojarolar va tabiiy ofatlar hozirda iqlim o‘zgarishi bilan kuchayib borayotgan epidemiyalarni qo‘zg‘atmoqda va ular tobora avj olyapti”, deb ta’kidladi JSST mutaxassisi.

Barboza, shuningdek, o‘lim ko‘rsatkichlari oxirgi o‘n yil ichida eng yuqori darajani qayd etganiga e’tibor qaratdi.

“2021 yilda dunyo bo‘ylab o‘lim holatlari deyarli 2 foizni tashkil etdi, bu maqbul darajadan ancha yuqori. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 va 2023 yillarda ham shunday bo‘ladi”, deya xulosa qildi JSST guruhi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston boshqa mamlakatlarda vabo tarqalishi sababli chegarada nazoratni kuchaytirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing