Seuldagi tiqilinchda 151 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor
Olam
−
30 Oktabr 2022
31136Kecha, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinchda 151 kishi vafot etdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, tiqilinch oqibatida 82 kishi jarohat olgan, 151 kishi vafot etgan . Halok bo‘lganlar orasida xorijliklar ham bor. Jumladan, Eron, O‘zbekiston, Xitoy va Norvegiya fuqarolari borligi tasdiqlangan.
Shuningdek, Seul ma’muriyati bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha 270 ga yaqin murojaat tushganini ma’lum qilgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, Itayevon tumanida yillik Xellouin bayramiga 100 mingdan ortiq odam yig‘ilgan. Yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida odamlar bo‘g‘ilishdan vafot etgan.
Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Seuldagi fojia munosabati bilan milliy motam e’lon qilgan hamda qurbonlar va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. Ushbu holat yuzasidan tergovni Prezident o‘z zimmasiga olgan.
LiveBarchasi