“Vens yoki Rubio?” Tramp vorisi haqida o‘ylamoqda
Olam
−
10:37 1507 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp 2028 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin uning o‘rnini kim egallashi mumkinligi haqida tez-tez o‘ylaydi va bu mavzuda atrofidagilar bilan muhokama olib boradi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp asosan AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jey Di Vens nomzodlarini muhokama qilmoqda.
“Tramp maslahatchilariga ko‘ra, u shunchaki jamoatchilik fikri so‘rovlari bilan qiziqmoqda va 2028 yil haqida jiddiy o‘ylamayapti”, deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, nashr Trampga Vens va Rubioning ehtimoliy prezidentlik nomzodlari sifatida tobora mashhur bo‘lib borayotganini e’tiborsiz qoldirish qiyinlashayotganini ta’kidlagan.
Avvalroq, OAV Marko Rubio Tramp atrofida tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanayotganini va 2028 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkinligini yozgan edi. Nashrga ko‘ra, uning asosiy raqobatchisi Jey Di Vens hisoblanadi.
Live
Barchasi