“O‘ztransgaz” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Behzod Bahodir o‘g‘li Sobirov “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

2023 yilning oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Behzod Sobirov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangandi. U joriy tayinlovga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuratyotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Askar Isoqov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. Isoqov bunga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Behzod Bahodir o'g'li Sobirov “O'ztransgaz” AJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar