Uztelecom'dan "Ikki karra Internet” aksiyasi

Biznes

image

“Ikki karra Internet” aksiyasi – UZTELECOM abonentlari uchun Yangi yil arafasida juda ham ko‘p mobil internet taqdim etmoqda!

Milliy operator GSM mobil aloqa abonentlari uchun sevimli bo‘lishga ulgurgan “Ikki karra Internet” aksiyasini yana yo‘lga qo‘ymoqda. Hamyonbop va ikki baravar foydali maxsus Internet-paketlar!

Shubhasiz, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotganda ko‘pchiligimiz sovg‘alar, xaridlar, qiziqarli joylar va boshqa muhim narsalar haqida har qanday ma’lumotni bir necha daqiqada olishni osonlashtiradigan zamonaviy Internet xizmatlari yordamiga tez-tez murojaat qilamiz. Shu bois eng faol Internet foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy operator “Ikki karra Internet” aksiyasini qaytadan ishga tushirmoqda!

2021 yil 7 dekabrdan 2022 yil 7 yanvargacha bo‘lgan davrda UZTELECOM’ning GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari 1, 1,5 va 3 GB nominaldagi maxsus aksiyaviy Internet-paketlardan birini qulay narxlarda ulash hamda ikki barobar ko‘proq Internet-trafik olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! 1,5 GB uchun to‘lab, ushbu miqdordagi pul evaziga 3 GB olish – bularning hammasi UZTELECOM’dan Yangi yil arafasidagi “Ikki karra Internet” aksiyasining mo‘’jizalari!

Aksiyada GSM mobil aloqa tarmog‘ining (jismoniy shaxs) abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur aksiyaga faqatgina UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida hamda Call-Center operatorlari yordamida, maxsus USSD-buyruq yoki SMS-xabar yuborish orqali ulanish mumkin. Ushbu aksiyaviy Internet-paketlariga dilerlik xizmat ko‘rsatish punktlari orqali ulanish ham jismoniy, ham yuridik abonentlar uchun yopiq.

Aksiyaviy Internet-paketni faollashtirgandan so‘ng, operator tomonidan har bir abonentga paket ulangani va uning holatini tekshirish usuli to‘g‘risida SMS-xabar keladi.

UZTELECOM’dan “Ikki karra Internet” – Internet ko‘proq bo‘ladi!

UZTELECOM – Milliy operator.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

My UZTELECOM: AppStore | Google Play

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Texnik qo‘llab-quvvatlash

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UZTELECOM

Baholaganlar

1

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing