Endi UZTELECOM mobil aloqasi Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida ishlaydi
Biznes
−
15 yanvar 2022
6052Poytaxt metrosi foydalanuvchilari uchun xushxabar – Toshkent metropoliteni UZTELECOM’dan mobil internet va mobil aloqa bilan to‘liq ta’minlandi.
Toshkent metropoliteni har kuni ertalab soat 5:00 dan boshlab poytaxt aholisi va mehmonlari uchun o‘z eshiklarini ochadi va shaharning istalgan nuqtasiga yuqori tezlikdagi va arzon transport xizmatlarini ko‘rsatadi.
Yaqin vaqtlargacha metro bekatlarida aloqa xizmatlari mehmonlar uchun imkonsiz bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil oxiriga kelib, UZTELECOM milliy operatori metroni maxsus zamonaviy uskunalardan foydalangan holda yuqori texnologiyali aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani ishga tushirdi. Bu O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan biridir.
Natijada yangi 2022 yilning boshiga kelib metropolitenning barcha yo‘nalish va stansiyalarining UZTELECOM mobil aloqasi bilan to‘liq qamrab olingani yoqimli yangilik bo‘ldi.
Jumladan, UZTELECOM milliy operatorining GSM standartidagi mobil aloqa abonentlarida endi, hatto, o‘nlab metr chuqurlikda harakatlanuvchi metroda ham aloqa qilish imkoniyati mavjud. Qo‘ng‘iroqlar, SMS, Internet-aloqa – bularning barchasi eng manfaatli shartlarda va eng yaxshi sifatda faqat UZTELECOM’da.
UZTELECOM – milliy operator
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
My UZTELECOM: AppStore | Google Play
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Texnik qo‘llab-quvvatlash
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi