UZTELECOM’dan biznesni rivojlantirish uchun maxsus qulayliklar!

Biznes

шаблон лого копия

Tadbirkor uchun biznesni rivojlantirish uchun vaqt va resurslarni samarali sarflash muhim omil hisoblanadi. Agarda Siz tadbirkor bo‘lsangiz va biznesingiz rivojlantirishda aloqa xizmatlaridan foydalanishda bir nechta kompaniyalarga, shartnomalarga e’tiboringizni qaratishdan charchagan bo‘lsangiz, u holda ushbu maqolada siz vaqtni tejashga yordam beruvchi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz!

Muvaffaqiyatli ishbilarmonlar bugungi raqamli bozor iqtisodiyoti tadbirkorlardan raqamli texnologiyalar asosida biznes yuritish uchun alohida tartibga ega bo‘lishni talab qilishini yaxshi bilishadi. Buni anglagan UZTELECOM sizning biznesingizni IT yordamida boshqarish uchun keng qamrovli yechimlarni taklif etadi.

Keling, tartib bilan Kompaniyaning siz uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Xizmatlarni ulash uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati. Kompaniya xizmatlariga ulanish uchun sotuv ofislariga shaxsan tashrif buyurishi shart emas, masalan, simli internet xizmatlariga ulanish uchun onlayn ariza rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, Kompaniya saytida tarif rejangizni, sim-kartangizni, raqamingizni o‘zgartirish; simli internet tezligini oshirish, hisobingizni qayta hisoblash, shartnomani bekor qilish, qo‘shimcha xizmatlarga ulanishga va o‘chirishga o‘chirish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish uchun onlayn ariza qoldirishingiz mumkin.

Tarif rejalarining qulay to‘plami. Kompaniya tarif rejalarining asosiy qismi hajmiga qarab ma’lum bir biznes turi uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, kichik biznes vakillari jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan simli Internet tarif rejalariga ulanish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda kichik biznes yuridik shaxs tashkil qilmasdan xususiy tadbirkorlik asosida faol rivojlanib borayotganligini hisobga olgan holda, kompaniya, ushbu toifadagi mijozlar uchun jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan simli Internet xizmati tariflariga ulanishning mutlaq huquqini taqdim etadi. Bu kichik korxonalarga yuqori tezlikdagi Internet xizmatlarini sezilarli darajada tejashga imkon beradi va xarajatlar rentabelligini oshiradi.

Mobil aloqa abonentlari uchun maxsus foydali “MILLIY BIZNESS” tariflar seriyasi – sizga moslashuvchan chegirmalar tizimini taqdim etadi. UZTELECOM’ning simli Internet xizmatiga ulanishda ular mobil aloqa xizmatlari uchun 10 – 20 foiz chegirmalar amal qiladi. UZTELECOM tadbirkorlar uchun maxsus mobil aloqa xizmatlariga yangi, qulay va foydali “MILLIY BIZNESS” tariflarini joriy etdi.

“Virtual ofis” xizmati mijozlaringizga qiziqtirgan ma’lumotlarni taqdim etishga, mijozlaringizdan avtomat ravishda ovozli xabarlarni yoki fakslarni yuborishga, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqaga yo‘naltirishga, bir nechta xodimlarni raqamga ulab, kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradi. Bunda Siz o‘z biznesingizning nozik tomonlarini biladigan va kunning istalgan vaqtida ish vazifalarini to‘g‘ri bajarishga qodir bo‘lgan, ofisdan tashqarida yoki dam olayotganingizda ham ishlaydigan noyob yordamchiga ega bo‘lasiz. 

Chiroyli virtual raqamni bron qilish xizmati yordamida siz o‘zingiz yoqtirgan raqamni bron qilishingiz mumkin. Ushbu xizmat respublikamizning barcha hududlari uchun amal qiladi. Ushbu havoladan foydalanib, chiroyli va eslab qolish oson bo‘lgan raqamni tanlang.

Arzon narxlarda limitsiz telefoniya tarif rejasi bilan hisobingizda daqiqalar yoki pul tugab qolishidan xavotir olmasligingiz mumkin. UZTELECOM mahalliy telefoniya uchun oyiga atigi 40 ming so‘mlik noyob Limitsiz tarif rejasini taklif etadi. Daqiqalar va cheklovlar haqida o‘ylamasdan, biznesni rivojlantirish masalalarini hal qiling.

1155 Call – markazi. Tadbirkorlik ishning to‘xtab qolishiga toqat qilmaydi va har bir daqiqa moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini anglagan holda, Kompaniyada B2B abonentlari uchun maxsus 1155 qisqa raqamli call-markazi faoliyat yuritadi. Ushbu raqam orqali maxsus tayyorlangan operator-muhandislar mijozlarga xizmat ko‘rsatishadi. Call-markaz xodimlari mijozlarning har qanday savollariga zudlik bilan to‘liq javob berishadi, ular navbat kutishlarsiz mijozlarning savollari va muammolarini hal qilishadi.

UZTELECOM sizga biznesingizni raqamli qilishga yordam beradi! 

UZTELECOM – Milliy operator!

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Texnik qo‘llab-quvvatlash

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing