Uzoq o‘sishdan keyin dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
27 iyul 2020 21041 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 28 iyuldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 207 so‘m 69 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2 so‘m 70 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 11 896 so‘m 4 tiyinga baholanib, 229 so‘m 69 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 26 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 142 so‘m 37 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel