O‘zMUda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi

Jamiyat

image

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Surxondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyati Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari negizida Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari davlat sport-ta’limi muassasasi sifatida tashkil etiladi.

Belgilanishicha, dzyudo maktablari faoliyati dzyudo bo‘yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi.

Dzyudo maktablariga o‘qishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati 7 yil etib belgilanadi.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish bo‘yicha “Bolalar uchun dzyudo” dasturi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasi joriy qilinadi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Unda “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlari doirasida qabul kvotalari belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing