“O‘zmilliybank” va Gazprombank bank xodimlari uchun seminar o‘tkazdi

Biznes

image

Joriy yilning 13-14 dekabr kunlari Bank-moliya akademiyasi binosida (BMA), O‘zbekiston Milliy banki tomonidan “Gazprombank” (Aksinerlik Jamiyati) (GPB AO) hamkorligida, “Loyihalarni moliyalashtirish va risklarni xedjirlash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil     31 oktyabrdagi “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4503-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Bank-moliya akademiyasini yanada rivojlantirish hamda O‘zmilliybank va O‘zbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklari mutaxassislarining loyixalarni moliyalashtirish sohasidagi malakasini oshirish maqsadida o‘tkazildi. 

Seminar-treningda Rossiya Federatsiyasining “Gazprombank” Aksiodorlik jamiyatining rahbar xodimlari ma’ruzachi sifatida qatnashdilar. 

Seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad, loyihaviy va strukturaviy moliyalashtirish hamda risklarni xedjirlash sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish, korporativ blok, risk-menejment, g‘aznachilik  mutaxassislarini o‘qitishdan iborat. 

Seminar-trening ikki qismda bo‘lib o‘tdi. Birinchi qismda ma’ruzachilar, Gazprombankda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar, loyihalarni moliyalashtirishning investitsion kreditlashdan farqi haqida gapirib o‘tdilar, shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etishning g‘oyaviy bosqichdan moliyalashtirishga qadar bosqichlarini alohida tasniflab o‘tishdi. Loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq risklarni boshqarish va bitimlar tahlili amalga oshirildi. Ushbu mavzu muhokamasi davomida, investitsiya fazasi, texnologik xatarlar va byudjetdan oshib ketish xatari singari tushunchalar ham ko‘tarildi.  

Seminar-treningning ikkinchi qismi mahorat darsi shaklida o‘tkazildi. Unda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlarning tuzilishi ko‘rib chiqildi, ishtirokchilar muayyan misollardan foydalangan holda amaliy tadqiqotlar davomida xatarlar darajasi va ularning pasayishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, loyihani tashabbuskorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining muhim jihatlari, ta’minotning asosiy ko‘rinishlari, narxni shakllantirish va boshqa ma’lumotlarni oldilar.  

Ishtirokchilar mahorat darsi davomida tijorat banklari faoliyatlarida as qotishi mumkin bo‘lgan yangi, foydali va ko‘p qirrali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.  

Reklama huquqi asosida 


Maqola muallifi

Teglar

O'zmilliybank

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing