“O‘zmilliybank” AJ va “Visa International”dan “Yashil aksiya”

Biznes

image

Yaqinda "O‘zmilliybank" AJning VISA International xalqaro to‘lov tizimi bilan komissiyasiz Visa Direct o‘tkazmalari bo‘yicha qo‘shma aksiyasi yakunlangan edi. Biroq Bank Visa bilan hamkorlikda navbatdagi sovrinli qo‘shma aksiyani boshlab yubordi.

Yangi aksiya "O‘zmilliybank"ning Visa kartalari egalari o‘rtasida 2020 yil 15 oktyabrdan 2021 yil 31 martgacha o‘tkaziladi. Unda Visa to‘lov kartalarining barcha turlari jalb qilingan - Virtual, Classic, Gold, Platinum, Milliy Bank-MAK Visa GOld kobrend kartasi, Milliy Bank-MAK Visa Platinium kartasi, Infinite.

Aksiyaning har oylik o‘yinlarida ishtirok etish uchun karta egalari 10 va undan ortiq AQSH dollari miqdoridagi qiymatga tranzaksiyalarni amalga oshirishi kerak. Bu savdo-servis korxonalari terminallarida yoki internet tarmog‘ida tovarlar - xizmatlar uchun to‘lovlar, boshqa bankka Visa Direct servisi yordamida o‘tkazmalar bo‘lishi mumkin. Aksiyada bankomatlar va terminallar orqali naqd pul mablag‘larining konversiyalari va yechib olinishlari bo‘yicha tranzaksiyalar hisobga olinmaydi. Aksiya g‘oliblari Random.org servisi yordamida aniqlanadi.

Oraliq aksiyalarda quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

1-o‘rin - elektromoped;

2-o‘rin - elektrovelosiped;

3-o‘rin - sportzalga abonement;

4-o‘rin - velosiped;

5-o‘rin - giroskuter.

Aksiya o‘tkazish davrining yakunida bosh sovrin - elektromobil o‘ynaladi. Aksiya boshlanishidan boshlab 100 va undan ortiq AQSH dollari qiymatida tranzaksiyalarni amalga oshirgan O‘zmilliybank VISA kartalarining egalari o‘yin ishtirokchisi bo‘ladi.

Aksiyani tayyorlashda va sovrinlarni tanlashda siyqasi chiqqan noutbuklar, planshetlar va smartfonlardan biroz chetlashishni istadik. 21-asr uchun sog‘lom turmush tarzi mavzusi so‘zsiz dolzarb hisoblanadi, chunki ekologiya yomonlashishi tendensiyalari, zamonaviy turmushning sur’atlari odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi kunda mamlakat aholisini va ayniqsa yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, ekologik madaniyat va atrof-muhitni muhofaza qilish juda muhim hisoblanadi.

Shunday qilib, ekologiyani saqlash, sportni va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga o‘zimizning katta bo‘lmasada o‘z hissamizni qo‘shish g‘oyasi tug‘ildi. Yuqorida sanab o‘tilganlarning bir timsoli sifatida ajoyib mukofotlar bilan "Yashil aksiya" paydo bo‘ldi.

O‘zmilliybank barchani aksiyada ishtirok etishga taklif qiladi va omad tilaydi!

EKOLOGIYA VISA AKSIYA O‘ZMILLIYBANK


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zmilliybank Visa Visa International AJ

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing