“O‘zmetkombinat”ga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2024 9580 1 daqiqa
Dilshod Tursunqulovich Ahmedov “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Dilshod Ahmedov mazkur lavozimga 2024 yil yanvarda tayinlangandi.
2021-2024 yillarda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari – ijrochi direktor lavozimida ishlab kelgan.
Dilshod Ahmedov 1972 yilda tug‘ilgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi “Skolkovo” boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish tajribasiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dilshod Tursunqulovich Ahmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025