O‘zLiDeP yosh bolali ayollarni ishsizlikdan sug‘urtalash tizimini joriy qilmoqchi
Jamiyat
−
22 Oktabr
1770Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Yangihayot tumanidagi Choshtepa, Oriyat, Yangi Choshtepa va Yangi Darxon mahallalarida tashkil etilgan uchrashuvda partiyaning kelgusi besh yillikdagi ustuvor vazifalariga yana bir karra to‘xtalib o‘tildi.
Jumladan, uchrashuvda jamiyatda ayollar tadbirkorligini faollashtirishga qaratilgan siyosatni izchil davom ettirish, ayollarning masofaviy mehnat va raqamli tadbirkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga jiddiy e’tibor qaratish orqali ular orasidagi ishsizlik darajasini 2 marta kamaytirish bo‘yicha O‘zLiDeP saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
Partiya tug‘ruq ta’tilidagi ayollar uchun onlayn ishlash tizimini joriy etish yuzasidan huquqiy asoslar yaratilishi bo‘yicha izchil ish olib boradi. Tadbirkorlik sub’ektlarining yopilishi natijasida ishsiz qolgan yosh bolali ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularni ishsizlikdan sug‘urtalash tizimini joriy qilishni maqsad qilgan.
O‘zLiDeP keksalar sog‘ligini tiklash va mazmunli dam olishi uchun alohida dastur qabul qilish taklifini ilgari surmoqda. Partiya mamlakatdagi uch milliondan ortiq nuroniylar har yili bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, shifoxona va sihatgohlarda davolanishi, ular uchun mamlakat bo‘ylab sayohatlar tashkil etilishiga ko‘maklashadi.
Uchrashuvda qatnashgan saylovchilar O‘zLiDePning maqsad va g‘oyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashdi.
LiveBarchasi