O‘zLiDeP deputatlikka kimlarni nomzod sifatida ko‘rsatmoqda?
Jamiyat
−
07 Sentabr
7663Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining I Kongressida partiyaning yangi Saylovoldi dasturi va nomzodlari e’lon qilindi.
Anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar kengashlaridan saylangan delegatlar, Siyosiy Kengash, Markaziy taftish komissiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilinib, mazkur jarayonda qabul qilingan qarorlar partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatini belgilaydigan omillardan biri hisoblanishi qayd etildi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bir mandatli okruglar (majoritar tizim) bo‘yicha 75 nafar, partiyaviy ro‘yxat (proporsional tizim) bo‘yicha 100 nafar nomzodlar ko‘rsatildi.
E’tiborlisi, nomzodlarning 43 foizini ayollar tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, barcha 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega ekanligi, ularning 63 foizini tadbirkor va fermerlar, iqtisodiyot sohasi vakillari, 25 foizini fan, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohasi vakillari, 12 foizini huquqshunoslar tashkil etishi ta’kidlandi. Shuningdek, nomzodlarning 19 nafarida fan nomzodi (PhD) va 12 nafarida fan doktori (DSc) ilmiy darajasi mavjudligi delegatlar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Kongressda ta’kidlanganidek, barcha nomzodlar haqidagi hujjatlar belgilangan tartibga muvofiq Markaziy saylov komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshiriladi.
LiveBarchasi