O‘zLiDeP aholi punktlarini jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish tarafdori
Jamiyat
−
24 Oktabr
1182“Sho‘rtan” gaz kimyo majmuasida O‘zLiDeP saylovoldi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. “Erkin va farovon, qudratli yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostidagi tadbirda vohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, mehnat faxriylari, jamiyat ishchi-xizmatchilari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zLiDeP lideri Aktam Hayitov kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va farovonligi, to‘kis hayotini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni zamon talablariga moslashtirish, yoshlarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida partiya saylovoldi dasturida ustuvor vazifalar belgilanganini qayd etdi.
Shuningdek, tadbirda ta’kidlanganidek, tuman markazlaridan har bir qishloqqacha 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar qurish, aholi punktlarini jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha partiya o‘z zimmasiga olayotgan vazifalar mamlakat taraqqiyoti va aholi turmush tarzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv ishtirokchilari partiyaning barqaror, sodda va adolatli soliq siyosatini joriy etish, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, barqaror va samarali moliyaviy xizmatlar bozorini shakllantirish bo‘yicha taklif tashabbuslari mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
LiveBarchasi