“O‘zlari aybladi, o‘zlari qiynoqqa soldi”. Medvedev sanksiyalarni inkvizitsiyaga qiyosladi

Olam

image

G‘arb dunyosining Rossiya davlati, iqtisodiyoti va biznesiga qarshi joriy sanksiyalari bid’atchilarga qarshi kurashgan va solihlari nomaqbul katolik cherkovining Muqaddas inkvizitsiya usullarini eslatadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida so‘z yuritdi.

“G‘arb dunyosining Rossiya davlati, iqtisodiyoti va biznesiga qarshi joriy sanksiyalari “Inquisitio Haereticae Pravitatis Sanctum Officium” usullarini eslatadi. Ularning o‘zlari aybladi, o‘zlari qiynoqqa soldi, o‘zlari hukm chiqardi, bid’atchini o‘zlari yoqib yubordi. E’tiroz bildiradiganlarni yo‘q qilib, ularning oltinlari, ko‘chmas va boshqa mulklarini o‘zlashtirib, ochiq talon-taroj qildi. Bunday hollarda tez-tez sodir bo‘lganidek, ma’naviyat masalalari ulkan kuchga ega "solihlarni" qiziqtiradigan oxirgi narsadir”, deydi Dmitriy Medvedev.

Uning ta’kidlashicha, “do‘stona” davlatlar rasmiylari va YeI byurokratlari “yomon” davlatga mansublik tamoyili asosida rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar qo‘llaydi. Ular aybni tasdiqlovchi dalillar keltirmaydi, balki “jodugarlik”, ya’ni hokimiyat bilan bog‘liqlik gumonlaridan foydalanadi. Guvohlar “Buyuk Inkvizitor” - AQSH va Yevropa mamlakatlari. Bundan tashqari, Rossiya biznesi advokat olish huquqiga ega emas. Natijada inkvizitorning so‘zlari tufayli barcha mol-mulk muzlatildi va u tomonidan tayinlangan shaxslar foydasiga musodara qilindi.

Siyosatchiga ko‘ra, ayni paytda, zamonaviy G‘arb davlatlarining sud tizimi inkvizitsiya sudidan farqli o‘laroq, sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilganlarning xatolarini tuzatishi mumkin.

“Sem amaki va eski Yevropaning sud hamda huquqiy asoslarini buzish siyosatchilarga ko‘rinadigan darajada oson emas. Hatto o‘ngni to‘xtatib, ongga soya soladigan rusofobiya kasalligiga qaramay”, dedi u.
 
Medvedev G‘arb hukumatlari Rossiya biznesiga egalik huquqini bekor qilish istagi tufayli sudlarda ko‘proq da’volarga duch kelishlarini va’da qildi. U sudlar ishlarni adolatli ko‘rib chiqishiga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Kanada va boshqa davlatlar fevral oyi oxirida Ukrainadagi harbiy amaliyot fonida Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Moliyaviy va harbiy-sanoat sohalaridagi o‘nlab Rossiya kompaniyalari va oligarxlar cheklovlar ostida qoldi.

Mart oyi boshida AQSH Prezidenti Jo Bayden rossiyalik oligarxlarning jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha guruh tashkil etilishini e’lon qildi. U Amerika va Yevropa rasmiylari “yo‘l-yo‘lakay orttirilgan boylik” ortidan kelishlari, yaxtalari, hashamatli uylari, shaxsiy samolyotlarini tortib olishlari haqida ogohlantirdi.

Ertasi kuni AQSH 19 nafar tadbirkor va mansabdor shaxslar hamda ularning 47 nafar oila a’zolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Oq uy cheklovlarga sabab sifatida “Prezident Vladimir Putinning Ukrainaga shafqatsiz bostirib kirishida uni qo‘llab-quvvatlagani”ni keltirdi.

AQSH “Transneft” rahbari Nikolay Tokarev, Boris va Arkadiy Rotenberglar, “Rostec” rahbari Sergey Chemezov, VEB.RF rahbari Igor Shuvalov, Yevgeniy Prigojin, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov hamda ularning bir qator kompaniyalari va qarindoshlarining aktivlarini muzlatib qo‘ydi. 

9 mart kuni Yevropa Ittifoqi 14 nafar rossiyalik tadbirkor va ularning oila a’zolariga nisbatan cheklovlar joriy qildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya ham qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing