“O‘zkomnazorat”ga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Farrux Shoruxovich Rustamov tayinlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 2022 yilning 27 aprel kuni A’zam Abdushukurovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

“O'zkomnazorat” Farrux Shoruxovich Rustamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar