“O‘zkimyosanoat”ning sobiq boshlig‘i kompaniyaga yana rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image

Odil Shukurovich Temirov “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Odil Temirov 2023 yil 4 iyuldan buyon “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

“O‘zkimyosanoat” boshqaruvi raisi lavozimida shu kunga qadar 2023 yilning may oyidan buyon Temur Rasulovich Muhammadjonov faoliyat yuritib kelayotgandi. 

Ma’lumot uchun, Odil Temirov 1977 yilda tug‘ilgan. Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Sho‘rtangaz” gaz-sanoat boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi kuzatuvchiligidan boshlagan. 1999-2017 yillarda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Uzbekistan GTL qo‘shma korxonasida ishlagan. U 2019 yilda ham bir yil davomida “O‘zkimyosanoat”ni boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

“O'zkimyosanoat” AJ Odil Shukurovich Temirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar