“O‘zingniki o‘zaging qirqar”. Nazarboyev qarindoshlari jazolanishi kerakligini aytdi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qarindoshlarining ayblari sud tomonidan isbotlansa, ular noqonuniy xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidladi.

“Ko‘p yillardan beri biz Qozog‘istonda huquqiy davlat qurmoqdamiz. Uning asosiy tamoyili shuki, qonun hamma uchun birdir. Agar qarindoshlarimdan biri orqamdan qonunni buzishda mening ism-sharifimdan foydalangan bo‘lsa, ular javobgarlikka tortilishi kerak. Ayb sudda isbotlanishi kerak. Shuni unutmasligimiz kerakki, har bir fuqaro huquqiy himoyalanish huquqiga ega”, degan u qozog‘istonlik siyosatshunos Daniyar Ashimbayevga bergan intervyusida. 

Nazarboyev Rahat Aliyevning hikoyasini eslagan. 

“U qizimning turmush o‘rtog‘i edi. U menga deyarli o‘g‘ildek bo‘lgan, nevaralarimning otasi edi. Lekin bularning barchasi davlatning uning noqonuniy xatti-harakatlariga ko‘z yumishiga sabab bo‘lmadi. U Qozog‘iston adliyasi tomonidan ayblangan edi. Lekin u umrining oxirigacha yashirinishga muvaffaq bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qilgan Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni  Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuli Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va “Kazaxtelekom” AJ mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinib qo‘lga olingan. Satibaldiulining davlat xavfsizligiga putur yetkazuvchi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing