O‘zingdan chiqqan baloga... Namanganda 7-sinf o‘quvchisi uyidan 65 ming dollar “uxlatdi”

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchisi o‘z uyidan 65 ming AQSH dollarini o‘mardi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 noyabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil avgust oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi sandiqda bo‘lgan 65 000 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan nabirasi sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 13 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2971

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing