O‘ziga o‘zi qarshi: Yevrokomissiya Polshani sanksiya bilan “siylashni” so‘radi

Olam

image

Yevropa komissiyasi Polshaga qarshi sanksiyalar joriy etish talabi bilan Yevropa sudiga murojaat qildi. Bu haqda YeIning Adliya bo‘yicha komissar Dide Reynders ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Varshavaning vaqtinchalik choralarni bajarmagani va sudning joriy yil 15 iyuldagi qarorini to‘liq amalga tatbiq qilmagani sabab bo‘lgan. Jarimalar miqdori sud jarayonida aniqlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, iyul oyida Yevropa Ittifoqi sudi Polsha Oliy sudining intizomiy palatasini zudlik bilan tugatishni talab qilgandi. Yevrokomissiyaning fikricha, sudyalarning kasbiy faoliyati to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan bu organ ularning xolisligiga tahdid solmoqda. Bryussel bu holatni Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga zid, deb atagan.

“Shu bilan birga, Varshavadagi Konstitutsiyaviy sud Yevropa instansiyasi qarorini ixtiyoriy, deb topdi. Biroq, YeK da’volariga javoban, Polsha rasmiylari palata ishini to‘xtatishga rozi bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 

Shunga qaramay, Yevropa Komissiyasi Polsha zarur shartlarni to‘liq bajarmagan hamda mamlakat sud tizimining mustaqilligiga tahdid saqlanib qolmoqda, deya hisoblayapti. Polsha shu sababli ham sanksiyaga tortilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing