O‘zgidrometdan shoshilinch ogohlantirish
Bu qiziq
−
05 dekabr 2022 49921 1 daqiqa
Gidrometeorologiya xizmati markazi 6-8 dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi borligi haqida shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 6-8 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin tumanidaya;
• Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
• Namangan viloyati: Pop tumanida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirishida.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr