O‘zgidromet “zamdirektor”ining Toshkentning yashilliligi bo‘yicha ma’lumoti yolg‘on bo‘lib chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 7 iyun kuni Toshkent shahrining atigi 3 foizi yashillilik bilan qoplangani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimov tomonidan e’lon qilingan ma’lumot asos bo‘ldi. O‘zgidromet Matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha izoh berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 7 iyun kuni O‘zgidromet tomonidan “Respublika hududlarida, jumladan Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi monitoring natijalari holati” bo‘yicha matbuot anjumanida Ibratjon Karimov noto‘g‘ri ma’lumot bergan.

“Ushbu holat yuzasidan O‘zgidromet Matbuot xizmati mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrining yashillik qismi bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotda texnik xatolikga yo‘l qo‘yilganligi tufayli axborot berilayotganda kamchilikka yo‘l qo‘yilganini ma’lum qiladi.

Bugungi kunda shaharni yashillilik darajasi 26,8 foizni tashkil etadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun jamoatchilikdan uzur so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing