O‘zgidromet Yangi yil bayramida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Kecha, 26 dekabr kuni O‘zbekistonda Rossiyaning Yevropa hududidan (Moskva oblasti) kirib kelgan sovuq va nam havo massasi sabab qor yog‘gan. Butun respublika bo‘yicha qor yog‘ib, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, bugun, 27 dekabr kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘adi. Harorat foni me’yordan 5-7 darajaga past bo‘ladi va 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28-29 dekabrda havo harorati 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, 30-31 dekabrda 2° sovuq-3° iliqqacha ko‘tariladi, ertaga kunduz kuni harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi, 31 dekabrga kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

934

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing