O‘zgidromet uch viloyat aholisiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
15 iyun 2022
47699Gidrometereologiya xizmati markazi joriy yilning 15-17 iyun kuni kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga ko‘ra:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi markaz axborotida.
LiveBarchasi