O‘zgidromet tog‘li hududlarda sel kelishidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13-16 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida  Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘ldi. Ushbu sel oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan ham oqib o‘tdi. Tabiiy ofat oqibatida Qirg‘izistonda ham, O‘zbekistonda ham 8 nafardan fuqaro vafot etdi.

Hodisadan so‘ng Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi va ulardan viloyatning Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga bormaslikni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing