O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
27 dekabr
945332024 yil 30-31 dekabr va 2025 yil 1-3 yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 30-31 dekabr va 2025 yilning 1-3 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hamda Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.