O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
17:00 5454 1 daqiqa
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4-7 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu hafta O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni biroz pasayishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, bugun, 3 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi