O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9-12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9-11 martda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-12 mart kunlari havo harorati: respublika shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha, qolgan hududlarda 11-12 martda: kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Eslatib o‘tamiz, 7-9-10 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning 8 ta viloyatida sel kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing