O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09:04 7364 1 daqiqa
Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 1-3 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirgandi.
Live
Barchasi“Open budget” boshlandi
09:37