O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
29 noyabr
117855Joriy yilning 29 noyabr - 2 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, 29 noyabrdan 1 dekabrga qadar respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30 noyabr - 1 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2 dekabrga kelib, 3 daraja sovuq 2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29 noyabr - 1 dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
LiveBarchasi