Bugun Surxondaryoda kuchli chang-to‘zon bo‘ladi – O‘zgidromet
Jamiyat
−
03 noyabr 2025 4202 1 daqiqa
Bugun, 3 noyabr kuni Surxondaryo viloyati va respublikaning tog‘li hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida va respublikaning tog‘li hududlaridagi ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
“Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
O‘zgidrometning ta’kidlashicha, bunday ob-havoda fuqarolar ochiq havodagi faoliyatini qisqartirishi, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishi kerak.
Live
Barchasi