O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi 

Bu qiziq

image

O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unda aytilishicha, 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17–18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

16–18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

18–19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17–19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing