O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi
Foydali
−
29 dekabr 2023
61285Joriy yilning 30 dekabridan 2024 yilning 2 yanvariga qadar tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ma’lumot e’lon qildi.
Unga ko‘ra, nam havo oqimi va havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanidagi baland tog‘liklarda shakllangan qor qoplami ko‘chishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq yanvar oyi quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanishi aytilgandi.