O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
15 iyul 43997 1 daqiqa
Joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 metr/soatgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.