O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 14—16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Respublika bo‘yicha joriy yilning 13-15 noyabr kunlari shuningedek shimol xududida, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

13 Noyabrga ob-havo pragnozi (12 noyabr soat 20 dan 13 noyabr soat 20 gacha amal qiladi).

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 3 – 8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi  –1 daraja sovuq, kunduzi 10 – 12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7 — 12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17 – 22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa 23—25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0 – 5 daraja sovuq, kunduzi 9 –14 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm xiloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
3 – 2 daraja sovuq, kunduzi 9 – 14 iliq bo‘ladi.

Buxora va Navoiy viloyatlarida Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17 – 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 – 3 daraja iliq, kunduzi 9 – 14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kavo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7 – 12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 – 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0 – 5 daraja iliq, ba’zi joylarda -2 darajagacha suvuq tushadi. Kunduzi esa 9 –14 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyati havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7 – 12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 – 7 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha suvuq tushadi. Kunduzi esa 9 – 14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7 – 12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 – 7 darja iliq, kunduzi 13 – 18 darja iliq bo‘ladi.

Surxandaryo viloyati havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7 – 12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 – 7  daraja iliq, kunduzi 13 – 18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi (yomg‘ir, qor). Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7 – 12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0 – 5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet

Baholaganlar

1070

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing