O‘zgidromet sel-suv toshqinidan ogohlantirdi 

Jamiyat

image

30 iyun va 1 iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Jumladan:

  • Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, respublikaning Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir sel-suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing