O‘zgidromet sel-suv toshqini hodisalaridan ogohlantirdi

Bu qiziq

image

12-13 iyun kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari vujudga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Shu jumladan: 

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, xabarda tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.

“Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Sadoqat Hamrayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sel-suv toshqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing