O‘zgidromet sel kelish xavfidan ogohlantirdi
Bu qiziq
−
17 iyun 2020 12205 1 daqiqa
Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonning sharqiy qismida – Farg‘ona vodiysida sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“17-18 iyun kunlari kutilayotgan lokal yomg‘irlar munosabati bilan Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyundan O‘zbekistonga Volgabo‘yidan salqin va nam havo oqimi kirishni boshladi. Shu sababdan hafta davomida O‘zbekistonda biroz salqinroq ob-havo hukm suradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025