O‘zgidromet ob-havo ma’lumoti yolg‘onligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin north_east

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekistonda havo haroratining keskin ko‘tarilishini ortidan ijtimoiy tarmoqlarda Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan e’lon qilinayotgan ob-havo ma’lumotlari noto‘g‘ri ekani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 150 yildirki havo harorati Selyaninov budkasi ichiga o‘rnatilgan teromometr ko‘rsatgichlari yordamida aniqlanadi.

Havo harorati – 2 metr yuqoriga o‘rnatilgan taxtali quticha ichidagi termometr ko‘rsatgichlari yordamida o‘lchanadi. Bu quticha, “psixrometrik budka” yoki “meteorologik budka” ham deyiladi. Budka 1,75 metrli qo‘zg‘almas, mustahkam temir tayanchlari ustiga o‘rnatiladi. Budka ichida vertikal ko‘rinishdagi termometr (TM-4) lar havo harorati qiymatini ko‘rsatsa, gorizontal holatdagi termometr (TM-1 va TM-2) lar sutka davomida kuzatilgan maksimal va minimal havo harorati qiymatlarini qayd etadi. Ba’zan budka ichiga havo nisbiy namligi o‘zgarishini aniqlab boruvchi uskuna ham joylashtiriladi.

Yoz oylarida havo haroratining inson o‘rtacha tana harorati (+36,6℃) dan yuqorilab ketishi kishilarda Ob-havo xizmatlari berayotgan yoki prognoz qilayotgan havo harorati qiymatlarida shubhali raqamlar ko‘rsatayotgandek ishonqiramaslikni yuzaga keltiradi.

Havo harorati – bu, aynan 2 metr yuqoridagi atmosferadagi havoning haroratidir. Qandaydir, devorga ilingan yoki asfalt, temir darvoza ustidagi termometrdagi ko‘rsatgich emas. Ular ko‘rsatgan qiymat, havo haroratini bermaydi. qizib turgan qandaydir jism sirtidagi haroratni ko‘rsatadi. Havo harorati tushunchasi to‘g‘risida boshqa o‘lchovlar bilan chalg‘imaslik va yanglish fikrlar yuritmaslik lozim.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet

Baholaganlar

594

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing