Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha iyul oyining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 4-6° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimlarining kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 

O‘zgidromet bergan xabarga ko‘ra, Respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Dam olish kunlarida esa O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib qoladi, havo harorati kechalari 24-27°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44° gacha atrofida bo‘ladi. Shamolning 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi saqlanib qoladi. 

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishi oqibatida kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing