O‘zgidromet qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
01 may
26091-8 may kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistondagi ayrim tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qor ko‘chish xavfi Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining (Chotqol tizmasi tog‘lari) tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda e’lon qilindi.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 23-30 aprel kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari va Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.
LiveBarchasi