O‘zgidromet fuqarolarga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2022
26286Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari respublikaning bir qancha hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin tumani;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi Gidromet xabarida.
LiveBarchasi