O‘zgidromet dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun va dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 24 aprel kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi va harorat deyarli o‘zgarmaydi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduz kungi harorat 27° ga, janubda va cho‘l hududlarida 30° ga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, eng iliq yillarda ushbu kunlardagi havo harorati 32-35°, janubda 36-38° bo‘lgan.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing