O‘zgidromet aholiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
07 fevral 2023
118023Joriy yilning 8-9 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazining fuqarolarga shoshilinch ogohlantirishida aytilgan.
Shuningdek, joriy yil 8-13 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
• Namangan viloyati: Pop tumanida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023