O‘zgidromet aprelda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotganini ma’lum qildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda aprel oyida havo harorati 33 darajagacha ko‘tarilib, asosan quruq o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

O‘zgidrometga ko‘ra, O‘zbekistonda aprel oyi odatda ob-havoning beqarorligi bilan ajralib turadi. Odatda momaqaldiroq va shiddatli shamollar bilan yog‘adigan yomg‘irlar tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimoli, chekka janubi va cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik oy uchun o‘rtacha 5 kundan 8 kungacha kuzatiladi, tog‘li hududlarga yaqinlashgan sari yog‘ingarchilik bo‘ladigan kunlar soni 9-13 kungacha ko‘payadi.

“Meteorologik kuzatuvlar tarixida biz turli xil aprel oylarini kuzatgan edik. Yog‘ingarchilik umuman bo‘lmagan joylarda juda quruq yoki ularning oylik miqdori me’yordan 10 qoizdan ham oshmagan. Shunday holatlar kuzatilganki, yog‘ingarchilik bir oyda me’yordan 3-5 marta ko‘p bo‘lgan”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Toshkentda 1975 yilning aprel oyi eng quruq bo‘lgan. Yog‘ingarchilik faqat ikki marta yog‘gan va ularning miqdori atigi 2 mm ni, bu aprel oyi me’yoriningg 3 foizini tashkil etgan. 1990 yilning aprel oyida yog‘ingarchilik eng nam bo‘lgan, unda oy uchun oylik yog‘ingarchilik me’yorning 300 foiz atrofida bo‘lgan, yog‘ingarchilik bo‘lgan kunlar soni 19 kunni tashkil etgan.

Meteorologik kuzatuvlar tarixida kecha-kunduz uchun yog‘ingarchilik bo‘yicha rekordchi 1990 yilning 8 aprel kuni bo‘lgan. Aprelning oylik me’yori 62 mm bo‘lganda ushbu kunda Toshkentda 65 mm yomg‘ir yog‘gan.

“Odatda aprel oyida harorat foni ham beqaror bo‘ladi. Bahoriy jadal isishlar qisqa muddatga ammo sezilarli darajada sovuq bo‘lishi haroratni pasayishi bilan almashishi mumkin. O‘zbekiston aholisi, ehtimol, 2020 yil aprel oyi birinchi o‘n kunligining oxirida qor yog‘ganini va hatto qishda ham kamdan-kam hollarda bunday qor yog‘maganini eslashadi”, deydi O‘zgidromet axborotida.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning aprel oyi asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat 17-22 darajadan 23-28 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 30-33 darajagacha ko‘tariladi. Faqat 2 aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroq yomg‘iri yog‘ishi mumkin.

Keyinchalik O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, aprel oyi harorat tartibi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 23-28 daraja iliqqacha, respublika janubida 30-33 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoldan holi emas.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing