O‘zgidromet aholini 17 darajagacha sovuq havo bo‘lishi haqida ogohlantirdi
Bu qiziq
−
02 dekabr 2022
63283Joriy hafta dam olish kunlari O‘zbekistonda sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha, 1 dekabrdan O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelgan. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublikaning eng janubiy qismining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sovuq antitsiklon ta’siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo‘lishi kutimloqda.
LiveBarchasi