O‘zgidromet ogohlantirdi: 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi bor

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“O‘zgidromet” Qamchiq va Taxtaqoracha (Kitob) dovonlarida ob-havoning yomonlashishi haqida favqulodda ma’lumotlarni e’lon qildi. 

“Shu yilning 2-5 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida va M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘ruvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2-6 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi mumkin.

Ular:

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz, Qamashi va Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun va Baysun tumanlarida;

Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tog‘ tizimining “Chimyon” tog‘larida

Namangan viloyatining Pop tumanida;

Farg‘ona viloyatining So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing