O‘zgidromet 5 viloyat aholisini qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
10 mart 2023
4927O‘zbekistonning 5 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
LiveBarchasi