O‘zgidromet 4 ta viloyatda sel kelishidan ogohlantirdi
Bu qiziq
−
22 fevral 2022 33500 1 daqiqa
Joriy yilning 23-25 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek qator viloyatlarda sel kelishi xavfi kutilmoqda. Gidrometereologiya xizmati markazi shunday ogohlantirish bilan chiqdi.
Xususan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilingan.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralari ko‘rishi so‘raldi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr